SMM & dasturlash agentligi
Telegram bot, mini-app va o'z saytingiz — uchtasi bitta tizimda ishlaydi. Oshxona va do'konlar uchun tayyor yechim bor, uni ikki kunda ishga tushiramiz.
Buyurtma asosidagi ishlardan tashqari, o'zimning tayyor mahsulotlarim ham bor — ularni bugunoq biznesingizga ulash mumkin.
Oshxona, restoran va do'konlar uchun to'liq sotuv tizimi. Mijoz Telegramdan yoki saytdan buyurtma beradi, kassa chekni chiqaradi, kuryer kartada ko'rinadi, egasi esa hisobotni bir joyda ko'radi.
Gilam, palos va ko'rpa-to'shak yuvish korxonalari uchun Telegram bot va amoCRM'ni bir-biriga ulaydigan avtomatlashtirish tizimi. Mijoz botga yozadi, buyurtma CRM'ga o'zi tushadi, ma'lumotlar o'zi to'ldiriladi.
Internet tezligini o'lchashni o'yinga aylantiradigan sayt. Tugmani bosasiz — yuklab olish tezligi va ping o'lchanadi, natija esa o'yin ichida jonlanadi.
Kiberxavfsizlik va dasturlashni o'zbek tilida o'rganish platformasi: video darslar, amaliy topshiriqlar va o'quvchilar hamjamiyati bitta joyda.
Kichik do'konlar uchun 24/7 ishlaydigan AI sotuvchi-operator. Telegram va Instagram'da mijozlarga o'zbek va rus tilida javob beradi, mahsulot topadi va buyurtmani rasmiylashtiradi.
Buyurtma qabul qilish, avtomatik javob, xabarnoma va biznes jarayonlarini avtomatlashtirish. Bot to'lov tizimlariga ham ulanadi.
Tez ochiladigan, telefonda ham qulay saytlar. O'z domeningiz, HTTPS va qidiruv tizimlariga moslashtirish bilan.
Ijtimoiy tarmoqlarda auditoriya yig'ish, doimiy kontent va reklama kampaniyalari.
Video, banner, vizitka va boshqa materiallar — brendingizga mos yagona uslubda.
Qanday ish bo'lishidan qat'i nazar — avval bepul maslahat beraman, keyin muddat va narxni aniq aytaman.